2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 335/10 kV kuchlanishli "Porlitau" podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 27.08.2025
  • 19

⚙️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli "Porlitau" podstansiyasidagi kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mutaxassislar kuch transformatorini tozalash va elektr qurilmalarini sozlash amaliyotlarini bajarishdi.

⚡️ Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

kanaliga a’zo bo’lish uchun 

 t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot