2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, e’lon! 2025-yil 28-avgust kuni Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi
  • 27.08.2025
  • 16

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 110/10 kV kuchlanishli «Tuzkon» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

❇️ T-2 kuch  transformatoriga tegishli bo'lgan barcha qurilma va uskunalari texnik ko'rikdan o'tkaziladi;
❇️ Releli himoya va avtomatika qurilmalarining barcha uskunalarining ishonchliligi tekshiriladi; 
❇️ Moyli o‘chirgichlarning moyi almashtiriladi va ularga tegishli qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi; 

⚙️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.

⏰ Ish vaqti: 09:30 dan 16:00 gacha. 

Joriy taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida, Sherobod tumaning ayrim mahallalarida vaqtincha  elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan  uzr so‘raymiz. 

❗️ “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot