2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BOSH PROKURATURA: Energiya resurslaridan oqilona foydalaning!
  • 27.08.2025
  • 9

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari  davom ettirilmoqda.

⚡️ Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida respublikada 2 041 ta, shu jumladan Toshkent shahrida 221 ta holatda energiya resurslarini behuda sarflash holatlari aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilgan. 

☄️ Misol uchun, shahardagi “P.G.B” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida 0,2 kVt quvvatdagi elektr energiyasidan kunning yorug‘ vaqtida foydalanish holati aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha respublikada 47 960 ta, shu jumladan shaharda 4 977 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. 

❗️Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

✔️ Energiya resurslaridan oqilona foydalaning. 

Nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan behuda foydalanish holatlarini aniqlash borasida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati