✍️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonida 35/6 kV kuchlanishli “Registon” podstansiyasida transformatorning (T-2) yuqori kuchlanish tarafidagi VТ-2-6 va VТ-2-35 hamda taqsimlovchi TС-2-6 qurilmalarida joriy taʼmirlash va releli shimoya tizimini tekshirish ishlari olib borildi.
Mazkur ishlar uskunalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash, elektr energiyasi isteʼmolchilariga sifatli va ishonchli yetkazib berish maqsadida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun