Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlarida 2025/2026-yil kuz-qish mavsimiga tayyorgarlik — modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.
Avtotransport va mexanizmlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «Angor» podstansiyasiga o‘rnatish uchun quvvati 25000 kVA bo’lgan tranformator hamda «Qoraqalpogiston magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi «DSZ» podstansiyasiga o‘rnatish uchun quvvati 6300 kVA bo’lgan mukammal ta’mirdan chiqarilgan transformator maxsus avtotransport vositasiga ortilib, yo‘lga tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati