Mustaqilligimizning 34-yillik bayramini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida yurtimiz bo‘ylab turli xil ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan 28-avgust kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali ishchi-xodimlari o‘rtasida ham sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar davomida Filial ishchi-xodimlari o‘zlarining jismoniy salohiyatlarini namoyon etgan holda jamoa bo‘lib hamda yakka tartibda sportning
⚽️ futbol;
voleybol;
stol tennisi;
♟ shaxmat, shashka yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashdilar.
⛹♀️ Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Filialda faoliyat ko‘rsatuvchi ayollar ham tadbirda munosib ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Yakunda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Filial rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
⚽️ Bunday sport bellashuvlari jamoada hamjihatlik va do‘stlik ruhini yanada mustahkamlaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling