Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik shodyonasiga atalgan bayram tadbiri «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Markaziy boshqaruv apparatida katta majlislar zalida bo‘lib o‘tmoqda. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Mustaqillik bayramiga atalgan tadbirlar Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha magistral elektr tarmoqlari filiallari va tarkibiy tuzilmalarda ham keng nishonlanmoqda.
Bayram tadbirini Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raising birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov ochib berib, tadbir ishtirokchilariga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovning Aksiyadorlik jamiyatining ko‘psonli jamoasiga atalgan tabrik so‘zlari va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Tadbirning badiiy qismida el suygan adib va sanʼatkorlar ishtirok etishmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati