2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Diqqat, e’lon! 2025-yil 4-sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshiriladi
  • 02.09.2025
  • 40

2025–2026-yil kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlash, elektr uskuna va qurilmalar ishonchliligini oshirish maqsadida “Surxondaryo MET” filiali tomonidan 35/10 kV kuchlanishli «Qoratog‘» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

❇️ T-1 kuch transformatoriga  tegishli bo'lgan barcha qurilma va uskunalari texnik ko'rikdan o'tkaziladi; 

⚙️ Ushbu chora-tadbirlar elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini ta’minlashga xizmat qiladi hamda iste’molchilarga sifatli elektr ta’minotini yetkazib berish imkonini oshiradi.

Ish vaqti: 09:00 dan 16:00 gacha. 

Joriy taʼmirlash ishlarini olib borish vaqtida, Uzun tumanining ayrim mahallalarida vaqtincha elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

⚡️ Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati