Qirg‘iz Respublikasining «Milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi mezbonlik qilayotgan mazkur tadbirda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumida Markaziy Osiyo elektr energetika halqa tizimida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash uchun zarur amaliyotlar, kaskadli o‘chishlarning oldini olish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr energetika tarmog‘iga ulash va ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish, shuningdek, 2025-yil vegetatsiya davri yakunlari, 2026-yil vegetatsiya davrida suv resurslarini gidroinshootlar orqali oqilona boshqarish, ya’ni mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilinmoqda.
Bugun, tadbirning birinchi kuni, Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning 46-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston elektr energetika tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvchi maqomida.
Xalqaro tadbir ertaga, 5-sentabr kuni o‘z ishini yakunlaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati