2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda
  • 03.09.2025
  • 17

"Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 110/6 kV kuchlanishli "Sho‘ro" podstansiyasida T-2 6 kV 2-shinalar tizimida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash ishlari davomida:

• Mexanik va elektr qismlarni ko‘rikdan o‘tkazish;
 
• Moy sathi, tarkibi va izolyatsiya ko‘rsatkichlarini tekshirish;
 
• Kontaktlar va izolyatsiya detallarini tozalash hamda zarur qismlarni almashtirish;

• Yerga ulanish tizimlarini nazoratdan o‘tkazish hamda, 2-shinalar tizimidagi 2-transformator, 6 kV qurilmalarini ta'mirlash ishlari bajarildi.

❗️Ta’mirlash ishlari tugagarilgach uskunalar sinov tarzida ishga tushirildi va podstansiyadan chiquvchi elektr tarmoqlariga kuchlanish berildi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyun sanasidan boshlab «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot