O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish hamda har oyning bitta shanba va yakshanbasi — “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joriy yilning 6-7-sentabr kunlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Energo-IT” filialida mehnat qilayotgan xodimlar va ularning oila a’zolari ishtirokida ikki kunlik sayohat tashkil etildi.
Sayohat tadbiri, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, shu bilan birga, Kasaba uyushmalari faoliyati tashkil topganiga 120 yil toʻlishi munosabati bilan o‘tkazildi.
Sayohatchilar Zomin dam olish maskanida bo‘lib, ular uchun barcha hordiq chiqarish sharoitlari yaratildi. Ichki turizm sayohati Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati