110/35/10 kV kuchlanishni "Navro‘z" podstansiyasida joriy ta‘mirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu ishlar podstansiyaning ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlash hamda uning tashqi ko‘rinishini zamon talablariga moslashtirishga qaratildi.
Ta’mirdan oldin podstansiya ayrim joylarda korroziyaga uchragan, kabel kanallari tartibsiz holatda bo‘lganini ko‘rish mumkin edi. Ish jarayoni davomida mutaxassislarimiz barcha texnik va xavfsizlik talablari asosida qurilish-montaj, ta’mirlash-sozlash isjhlarini bajarib, qisqa muddatda belgilangan talab natijasiga erishishdi.
✅ Bugungi kunda "Navro‘z" podstansiyasi yangicha qiyofa kasb etib, texnik va estetik jihatdan ancha yaxshilandi. Bu esa, nafaqat elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlaydi, balki hududda energiya infratuzilmasining samaradorligini ham oshiradi.
Mutaxassislarimiz qisqa muddat ichida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdi. Ish davomida elektr qurilmalari tekshirildi va ta’mirlandi, metall konstruksiyalarda korroziyaga qarshi bo‘yoqlash ishlari olib borildi, kabel kanallari tartibga keltirildi.
Quyidagi suratlarda ish jarayonidan lavhalar keltirilgan.
Ta’mir ishlari yakunlangach, “Navro‘z” podstansiyasi yangicha qiyofa kasb etdi. Endilikda u nafaqat texnik, balki estetik jihatdan ham tartibga keltirilib, ishonchli va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Quyidagi suratlarda podstansiyaning ta’mirdan keyingi yangilangan holatini tomosha qilishingiz mumkin.
► AVVALGI HOLATI:
► ISH JARAYONI:
► HOZIRGI HOLATI:
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot