⚙️ «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan ta’mirlash ishlari doirasida elektr qurilmalarini ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
♦ elektr jihozlarini chang va yog‘lardan tozalash;
♦ kontakt birikmalarini tekshirish va mustahkamlash;
♦ moyli uskunalardagi moy miqdori va sifatini nazorat qilish;
♦ izolyatsiya holatini o‘lchash va baholash;
♦ himoya va avtomatika qurilmalarini sinovdan o‘tkazish;
♦ yerga ulash va xavfsizlik tizimlarini tekshirish.
Yuqorida 1-kunlik joriy ta’mirlash jarayonidan fotolavhalar e’tiboringizga havola etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ta’mirlash ishlari davomida iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti "halqalash" usuli orqali boshqa tarmoqlar orqali barqaror ravishda uzatib turiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI