Aholi va iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida 35 kV kuchlanishli “Ingechka-1” havo elektr uzatish liniyasida keng ko‘lamli ta’mirlash va yangilash ishlari olib borildi.
Brigada xodimlari tomonidan tayanch ustunlarda bo‘yash ishlari va antikorrozion himoya tadbirlari amalga oshirildi. Ushbu jarayonlar metall konstruksiyalarning uzoq muddat xizmat qilishini hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarilmoqda.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun