2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Xo‘jalik xizmati xodimlari uchun hamkorlikdagi yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 05.09.2025
  • 20

✍️ “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filialining 2025-yil 3-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i hamda Filial bosh muhandisi tomonidan tasqdiqlangan ish rejasi asosida 2025-yil 5-sentabr kuni Toshkent shahri, Osiyo ko‘chasi 42-uyda joylashgan 4 va 7 qavatli binosida filial ma’sul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Toshkent shahar FVB inspektor J.Xo‘jamberdiyev bilan hamkorlikda yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

☄️ Amaliy mashg‘ulotining asosiy maqsadi — binoda yong‘in sodir bo‘lganda, darhol 101 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va o‘t o‘chiruvchilarga xabar berish kabi ma’lumotlarni binoga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xizmati xodimlari tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi, shuningdek, evakuvatsiyaga kirishish, agar xavfsiz bo‘lsa, odamlar bilan birgalikda xonadan chiqib ketish va aloqada bo‘lish kabi amaliyotlar haqida dastlabki tushunchalar berish bo‘ldi. 

❗️ Agar xonada olov alomatlari — tutun va chaqnash bo‘lsa, polga yotib, nafas olish osonroq bo‘lgan joydan harakatlanish, olov va tutun ko‘p bo‘lgan joydan harakatlanishdan saqlanish kabi tartib-qoidalar ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, binoga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xizmati xodimlari va qorovullar uchun temir zinasi yo‘q ko‘p qavatli binolarda tashqaridagi kishilarni yordamga chaqirishi lozimligi tushuntirildi. Ayrim hollarda binoning tomiga chiqish (alanga u yerga yetib borish xavfi bo‘lmasa) va quruvchilar temir zinasi (zaxira zina) orqali pastga tushish lozimligi haqida axborot berildi.

Bundan tashqari, narvon ishlatib bo‘lmaydigan (tig‘iz vaqt) vaziyatlarda sakrash masofasini qisqartirish uchun yerga sakrash joyini iloji boricha qo‘shni tom, gulzor, qum to‘kilgan joy, avtomobilning usti kabilarni tanlash (3 qavatdan yuqori bo‘lmaganda) zarurligi tushuntirildi.

⚡️ Toshkent shahar FVB inspektor J.Xo‘jamberdiyev bilan hamkorlikda yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotda binoning yong‘in xavfsizligiga oid asbob-uskulari ko‘zdan kechirib, ularni to‘g‘ri ishlatish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi mutaxassislari, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash hamda Ishlab chiqarish xo‘jalik xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

✍️ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati