«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli «Begovot» podstansiyasidagi T-1 transfarmatori mukammal ta'mirdan chiqarildi.
Mutaxassislarimiz yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorning moy sathi me’yorini, sovitish tizimi sozligini va boshqa texnik ko‘rsatkichlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishdi. Bundan tashqari, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor yordamida ko‘rikdan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslari hamda kontur yerlagichlarning texnik holati nazorat qilinmoqda.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mamlakat bo‘ylab elektr energiyasini magistral tarmoqlar orqali uzatish va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlash, shuningdek, elektr energiyasining davlatlararo tranzitini amalga oshiradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI