«Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Termiz tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli «O‘rikzor» podstansiyasidagi T-1 va T-2 transformatorlarini navbati bilan nazorat ko'rigidan o‘tkazilganda, qurilmadagi VS-10 kV va RS-10 kV kuchlanishli ichki o‘tuvchi izolyatorlarda texnik nosozliklar aniqlangan. Nosozliklar bartaraf etilib, yangi ichki o‘tuvchi izolyatorlar o‘rnatildi.
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.
✍️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali
kanaliga obuna bo‘ling!