"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 35/6 kV kuchlanishli "R.A'zamov" podstansiyasida T-1 transformatorining sovitish tizimi — radiator qurilmalarida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Ushbu ishlar sovitish tizimining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga, shuningdek, energiya tizimining umumiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur profilaktik chora-tadbirlar kelayotgan mavsumda elektr ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, yuklamaning keskin oshgan paytlarida uskunalarning bardoshini oshirish hamda iste’molchilarga barqaror energiya yetkazib berishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Tayyorlov ishlari doirasida boshqa texnik vositalar va jihozlarning ham texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, eskirgan qismlarning yangilanib, me’yoriy holatga keltirilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: “R.A’zamov” podstansiyasi Xovos tumanidagi bir qator aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarga quvvat uzatadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot