2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi
  • 09.09.2025
  • 13

Elektr energiyasini uzluksiz va xavfsiz yetkazib berish hamda elektr uzatish tizimlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalarda joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:

❇️ O‘chirgichning tashqi holati, izolyatsiya elementlari va mexanizmlar ko‘zdan kechirildi; 

❇️ Moy darajasi va sifati nazorat qilindi; Oʻchirgich ichidagi dielektrik moy namunasi olinib, laboratoriya sharoitida analiz qilindi; Kontakt va izolyatsiya qarshiligi oʻlchandi;

❇️ Kontakt va bog‘lovchi qismlarning mexanik ishlashi tekshirildi; Kontaktlarning yopilishi va ajralish tezligi o‘lchandi.

Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 844-sonli tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/AndijonMET_Axborot