2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 11.09.2025
  • 16

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hududida joylashgan, “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 110/10 kV kuchlanishli «Buxoro» podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

⚡️ Transformator T-1 hamda uning bog’lamlarida olib borilgan ishlar muvaffaqiyatli yakunlanib, releli himoya hamda elektr sinov xizmati xodimlari tomonidan sinov va o’lchov ishlari bajarildi.

Shuningdek, o‘lchov asboblari va avtomatika tizimlari sozligi tekshirildi.

Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.

✍️  Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/Navoiy MET_Axborot