2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli “Angor ” podstansiyasidagi kuch transformatori yuqori quvvatlisiga almashtirildi
  • 11.09.2025
  • 9

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida “HET” AJ Surxondaryo hududiy filiali balansidan “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansiga qabul qilingan, Surxondaryo viloyati, Аngor tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Angor” podstansiyasidagi kuch transformatorining yuklamalari me’yoridan oshganligi sababli yuqori quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borildi.

2 kun davomida mutaxassislar tomonidan podstansiyasida TDTN-10000/110 rusumli T-2 (10 MVA) kuch transformatorini TDTN-25000/110 rusumli (25 MVA) kuch transformatoriga almashtirildi.

Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.

Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlar bajarishdi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqdi.

✔️ SURXONDARYO VILOYATI: Demontaj va montaj qilingan T-2 kuch transformatoriga kuchlanish berish jarayoni

Avval xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati, Angor tumanidagi 110/35/10 kV kuchlanishli "Angor" podstansiyasida T-2 kuch transformatorining yuklamalari meyoridan oshganligi sababli yuqori quvvatlisiga almashtirildi. 

Etiboringizga havola etilayotgan video lavhada transformatorga kuchlanish berish jarayoni aks etgan.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ  filiali

kanaliga obuna bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot