2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 35–110 kV kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya loyihasiga oid ishlar davom ettirilmoqda
  • 12.09.2025
  • 18

Avval xabar berganimizdek, isteʼmolchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filial tasarrufiga qabul qilingan 110/35/6 kV kuchlanishli “Yayilma” hamda "Asaka" podstansiyalarida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Sovuq kunlar boshlanmasdan oldin quvvat oshirish ishlarini tugatish maqsadida kun-u tun ish tashkil qilingan.
 
Barcha ishlar me’yoriy talablarga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda bajarildi.

Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/AndijonMET_Axborot