“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan elektr energiyasini generatsiya (ishlab chiqarish) jarayonidan taqsimlovchi qurilmalarga yetkazib berish barqarorligini ta’minlash hamda 220/110 kV kuchlanishli havo tarmoqlaridagi nosozliklar va uzilishlarni oldini olish maqsadida 1 va 2 zanjirli, jami 17 ta quyidagi temir konstruksiyali tayanch ustunlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi:
• 220 kV kuchlanishli “L-4-Yu”, “L-Obihayot” elektr uzatish tarmoqlarida;
• 110 kV kuchlanishli “Mikrorayon”, “Transformator”, “Haqulobod-1”, “Haqulobod-2”, “Temiryo‘l-1”, “Temiryo‘l-1”, “Jiydaka” va boshqa elektr uzatish tarmoqlarida.
Ushbu joriy ta’mirlash ish jarayoniga 55 nafar ishchi-xodimlar, shuningdek, maxsus texnika va mexanizmlar jalb etildi.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan. Ta’mirlash ishlari davomida, mutaxassislar shikastlangan tarmoq elementlarini almashtirish hamda korroziyaga qarshi bo‘yoq qoplamasi tortish amaliyotlarini bajarishdi.
Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling