2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 15.09.2025
  • 15

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali filiali mutaxassislari tomonidan 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasida 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejalashtirilgan dasturiy ishlar doirasida joriy ta’mirlash amaliyotlari bajarildi.

Ta’mirlash jarayonlarida podstansiyaning asosiy uskunalari texnik holati ko‘zdan kechirildi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi bir qator amaliyotlar bajarildi.

Xususan:

• T-2 va 2-sonli 10 kV kuchlanishli elektr qurilmasi shinalar tizimi changdan tozalandi, shuningdek, kontaktlarning bo‘shagan joylari mustahkamlandi;

• Izolyatorlar maxsus vositalar yordamida tozalanib, dielektrik mustahkamligi tiklandi;

• "Oqoltin-1" 110 kV kuchlanishli moyli o‘chirgich (ВМТ 110 кВ) texnik ko‘rikdan o‘tkazildi;

• Moyli o‘chirgichlarning moyi yangisiga almashtirildi;

• Teplovizor yordamida o‘tkazilgan nazoratda 110 kV kuchlanishli T-2 transformator ajratkichida aniqlangan kontakt qizishi bartaraf etildi.

⚡️ Mazkur ta’mirlash ishlari elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, uskuna va jihozlarning sifatli ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.  Barcha ishlar malakali muhandislar va texniklar tomonidan mutaxassislar nazorati ostida puxta bajarildi. 

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari davom etmoqda. 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot