"Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 35/10 kV kuchlanishli "Raushan" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi
⚙️ Energetika obyektida quyidagi texnik-profilaktik ishlar olib borildi:
▪️ Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi.
▪️ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi.
▪️ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi.
▪️ Moyli o'chirgichlar texnik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Ushbu profilaktik ishlar hududdagi iste’molchilarning barqaror va ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 844-sonli tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun