"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 35/6 kV kuchlanishli “Ingichka” podstansiyasida T-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilib, releli himoyasi tekshirildi. Shuningdek, 35/6 kV kuchlanishli “Sho‘r” podstansiyasida T-2 transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.
Ushbu profilaktik ishlar hududdagi iste’molchilarning barqaror va ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 844-sonli tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun