Kecha, 15-sentyabr kuni Avstriyaning Vena shahrida boshlangan Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA)ning 69-Bosh konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tashrif doirasida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov agentlikning bosh direktori Rafael Grossi hamda uning o‘rinbosarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston hukumati va XAEA o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish hamda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “yo‘l xaritasi” imzolandi.
Ma’lumot uchun: XAEAning Bosh konferensiyasi 180 ta a’zo davlat vakillarini birlashtiradi va tashkilotning kelgusi yilga mo‘ljallangan strategik yo‘nalishini belgilaydi, zamonaviy tahdidlar sharoitida uning faoliyati dolzarbligi va samaradorligini ta’minlaydi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/17738
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati