2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Kosonsoyda 500 kV kuchlanishli “Namangan” podstansiyasi qurish loyihasi boʻyicha oʻrganishlar olib borildi
  • 16.09.2025
  • 29

Ma’lumki, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yangi energetika obyekti — 500 kV kuchlanishli “Namangan” podstansiyasini qurish rejalashtirilgan. 

⚡️ Mazkur loyiha investitsion loyiha hisoblanib, Yevropa taraqqiyot va qurilish banki (EBRD) tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihani tayyorlash, baholash va bank moliyaviy ishtirokini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) hujjatlari ishlab chiqilishi kerak.

⇒ Mazkur loyihani amalga oshirish jarayonida xalqaro va mahalliy konsultantlar jalb etilgan:

♦ DNV (Niderlandiya) – xalqaro texnik konsultant sifatida; 
♦ JURU (O‘zbekiston) – mahalliy texnik konsultant sifatida; 
♦ “Oʻzbekiston MET” Aj “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali – loyiha hududidagi texnik ekspert va hamkor tashkilot sifatida.

Texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash doirasida, “Oʻzbekiston milly elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari va konsultantlar bilan birgalikda podstansiya qurilishi rejalashtirilgan hududda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

⇒ O‘rganish ishlari quyidagi jihatlarni qamrab oldi:

◾️ Podstansiya quriladigan hududning holati, muhandislik-geologik va ekologik sharoitlari; 

◾️ Qurilish ishlariga to‘sqinlik qiluvchi omillar mavjud emasligi; 

◾️ Yangi podstansiyani mavjud elektr uzatish tarmoqlari bilan bog‘lash imkoniyatlari; 

◾️ 500 kV havo tarmoqlarini kiritish va chiqarish uchun kirish-chiqish yo‘laklari mavjudligi va bu yo‘nalishlarda to‘sqinlik qiluvchi inshootlar yo‘qligi.

⇒ O‘rganishlar natijasida, tanlangan joyda podstansiya qurilishi texnik jihatdan maqsadga muvofiq ekani va yuqori kuchlanishli tarmoqlarni ulashda hech qanday to‘sqinlik yo‘qligi tasdiqlandi.

⇒ Ushbu loyiha amalga oshirilishi orqali quyidagi yutuqlarga erishilishi rejalashtirilmoqda:

◾️ Namangan viloyati va butun Farg‘ona vodiysi elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish.

◾️ Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tarmoqqa ulash imkoniyatlarini kengaytirish.

◾️ Energetika tizimida elektr uzatishdagi yo‘qotishlarni kamaytirish.

◾️ Mintaqaviy rivojlanishga hissa qo‘shish orqali iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot