Toshkent viloyati
⚡️ "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov 35—110—220 ва 500 kV kuchlanishli podstansiyalar hamda elektr uzatish tarmoqlarida 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga chiqdi.
Xizmat safarining dastlabki manzili Olmaliq kon-metallurgiya kombinati energetika obyektlari bo‘ldi. Mutaxassislar yirik sanoat korxonasi ishlab chiqarish obyektlari elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida qurilayotgan liniyaga oid masalalar muhokama etildi..
Eslatib o‘tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-noyabrdagi 363-son qaroriga muvofiq "Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish" investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini elektr energiyasi bilan taminlovchi 220 kV kuchlanishli "L-Ks-A" elektr uzatish tarmog'i modernizatsiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, liniya yangidan qurilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati