2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 110/35/6 kV kuchlanishli "Yangiqo‘rg‘on" podstansiyasi ~ G‘allaorol tumani
  • 16.09.2025
  • 10

Jizzax viloyati

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga bo‘lib turibdi.

⚡️ Xizmat safarining navbatdagi obyekti "Jizzax" magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli podstansiya bo‘ldi. 

Podstansiyada mavjud quvvati 15 000 kVA bo‘lgan 2 ta va quvvati 25 000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorning yuklamasi, yog‘ sathi, sovitish va himoya tizimi, shuningdek, ochiq taqsimlash qurilmalarining texnik-muhandislik holatini ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. 

Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi "Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filiali direktorining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan hisobotini tinglab, viloyat hududida olib borilayotgan amaliyotlar belgilangan rega-grafikka muvofiq bajarilayotganini o‘rgandi. 

Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati