2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110 kV kuchlanishli “Olmos soy” elektr uzatish tarmog‘ida singan izolyatorlar almashtirildi
  • 17.09.2025
  • 20

✍️  “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filialining yuqori kuchlanishli havo tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli “Olmos soy”  elektr uzatish tarmog‘i tayanchlarida singan izolyatorlarni almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishlar 2025-2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik hamda elektr tarmog‘ining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida olib borildi.

Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.

Shuningdek, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot