2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "Malek" podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 17.09.2025
  • 6

✍️  “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minotining barqarorligini ta‘minlash maqsadida navbatdagi texnik-profilaktik tadbir amalga oshirildi.

⚡️2025-yil sentabr oyining birinchi yarmida Sirdaryo tumani hududida joylashgan 35/10 kV "Malek" podstansiyasining 10 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiyalarida rejalashtirilgan joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.

Ta‘mirlash-sozlash ishlari davomida:

► 10 kV kuchlanishdagi ajratgichlar va yuklama ostida ishlovchi ajratgichlar texnik ko‘zdan kechirildi;

► Kontakt birikmalar, shinalar va izolyatorlar tozalandi va mustahkamlandi;

► Disconnector’lar (ajratgichlar)ning mexanik qismlari sozlab chiqildi;

► Himoya vositalari sinovdan o‘tkazildi va zarur hollarda yangilandi;

► Yoritish tizimi, yerga ulash konturlari holati tekshirildi.

Ushbu ta’mirlash ishlari hudud elektr tarmoqlarining ishonchliligi va avariyaviy holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, kuz-qish mavsumida sifatli elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda, sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlandi.

Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston MET” AJga o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot