"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida 35/10 kV kuchlanishli “Nayman” podstansiyasida modernizatsiya ishlari bajarildi.
Jumladan, quvvati 6300 kVA bo‘lgan transformator o‘rniga 16000 kVA quvvatga ega yangi transformator o‘rnatildi.
Mazkur ishlar iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror qilish, kuz-qish mavsumida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 844-sonli tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun