Samarqand viloyati
Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga bo‘lib turibdi.
35/6 kV kuchlanishli podstansiyada mavjud quvvati 16 000 kVA bo‘lgan 1 ta va quvvati 6300 kVA bo‘lgan 1 ta transformatorning yuklamasi, yog‘ sathi, sovitish va himoya tizimi, shuningdek, elektr qurilmalarining texnik-muhandislik holatini ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining tegish qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385.7 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati