2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli "Cho‘pon-ota" podstansiyasi olib borilayotgan modernizatsiya dasturi
  • 17.09.2025
  • 82

Samarqand viloyati

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga bo‘lib turibdi.

⚡️ Xizmat safarining navbatdagi obyekti "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi, Magistral elektr tarmoqlari modernizatsiya loyihasining Ikkinchi bosqich dasturiga kiritilgan energetika obyekti — 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli "Cho‘pon-ota" podstansiya bo‘ldi.

Podstansiyada ayni paytda mavjud 6 ta transformatorlaridan: quvvati 16 000 va 20 000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorlar o‘rniga 2 ta 40 000 quvvatli transformator o‘rnatish olib borilmoqda.

Mutaxassislar bilan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, muddati va texnik-muhandislik yechimlariga oid masalalar tahlil qilindi. 

Bundan tashqari, podstansiyaning boshqa transformatorlari yuklamasi, yog‘ sathi, sovitish va himoya tizimi, shuningdek, ochiq taqsimlash qurilmalarining holati ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. 

Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali direktorining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan hisobotini tinglab, viloyat hududida olib borilayotgan amaliyotlar belgilangan reja-grafikka muvofiq bajarilayotganini o‘rgandi. 

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati