Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga bo‘lib turibdi.
110/35/6 kV kuchlanishli podstansiyada mavjud, har birining quvvati 16 000 kVA bo‘lgan 2 ta transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi, sovitish va himoya tizimi, shuningdek, elektr qurilmalarining texnik-muhandislik holatini ko‘zdan kechirib, masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuninggdek, energetika obyektida ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoiti — qurilayotgan qo‘shimcha binolar, podstansiyaning atrofini o‘rash, navbatchilar xonasini taʼmirlash ish jarayoni o‘rganildi.
Maʼlumot o‘rnida: "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi, Magistral elektr tarmoqlari modernizatsiya loyihasining Ikkinchi bosqich dasturiga kiritilgan mazkur energetika obyektiga har birining quvvati 40 000 kVA bo‘lgan 2 dona transformator o‘rnatish belgilangan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati