2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli «Gulbahor» podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi
  • 18.09.2025
  • 24

✍️ «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Termiz tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli «Gulbahor» podstansiyasidagi T-1 kuch transformatori nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Taʼmirlash-sozlash ishlari davomida:

► 10 kV kuchlanishdagi ajratgichlar va yuklama ostida ishlovchi ajratgichlar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi; 

► Kontakt birikmalar shinalar va izolyatorlar tozalandi hamda mustahkamlandi; 

► 110 kV kuchlanishli ajratgichlar mexanik ko‘rikdan o‘tkazildi; 

► Releli himoya vositalari sinovdan o‘tkazildi va zarur hollarda yangilandi; 

►Yoritish tizimi, yerga ulash konturlari holati tekshirildi; 

► Moyli o‘chirgichlar texnik va mexanik tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ  filiali

kanaliga obuna bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot