✍️ «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tayanch ustunlarining ostki qismlari begona o‘tlar va tuproq qoldiqlaridan tozalandi, metall konstruksiyali tayanch ustunlarining beton qoplamasi bilan tutash qismi texnik-profilaktik tadbirlar natijasida mustahkamlandi.
⚡️ Jumladan, 110 kV kuchlanishli L-30-X-2 hamda “Drujba-1” liniyalari tayanch ustunlarining ostki qismlaridagi mustahkamlandi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.
Mazkur ishlar natijasida:
► elektr tarmoqlarining xavfsizligi va mustahkamligi oshadi;
► qisqa tutashuv va favqulodda nosozliklarning oldi olinadi;
► uzluksiz va barqaror elektr energiyasi ta’minoti kafolatlanadi.
Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI