Xashimova Dildora Xurramovna — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
D.Xashimova bunga qadar Soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — raisning matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra amalga oshirildi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/17771
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati