2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG’ONA VILOYATI: 220 kV kuchlanishli L-SL-2 elektr uzatish havo tarmog‘ida profilaktik ishlar amalga oshirildi
  • 19.09.2025
  • 68

”Farg‘ona magistral  elektr tarmoqlari" filialining Elektr uzatish liniyalari xizmati xodimlari tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va yuqori kuchlanishli liniyalarda ishonchlilikni oshirish maqsadida profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 220 kV kuchlanishli L-SL-2 elektr uzatish havo tarmogʻida quyidagi ishlar bajarildi:

♦ 56-sonli tayanch ustunida yuqori fazadagi 14 dona (ПМ-4,5) rusumli chinni izolyatorlar (ПСД-70E) rusumli shisha izolyatorlarga almashtirildi. Shuningdek, chaqmoqqa qarshi trosdagi 1 dona (ПМ-4,5) rusumli izolyator ham zamonaviy (ПСД-70E) rusumli shisha izolyatorga almashtirildi.

♦ 57-sonli tayanch ustunida chaqmoqqa qarshi tros shleyfi sozlandi va qo‘shimcha ravishda yoy so‘ndiruvchi qurilma o‘rnatildi.

❗️ Ushbu ishlar elektr uzatish tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, avariya xavfini kamaytirish va iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot