2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “Sohil” podstansiyasi hududida yong‘inga qarshi tadbirlar amalga oshirildi
  • 19.09.2025
  • 64

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 35/6 kV kuchlanishli "Sohil" podstansiyasida mavjud transformatorning yog‘ sathi me’yorga keltirilgach, hududida yong‘inga qarshi chora-tadbirlar, ya’ni ochiq taqsimlash qurilmasi maydoniga maydalangan tosh qoplamasi yotqizildi. 

⚡️ Ushbu amaliyot transformatorning soz holatda ishlayotganini bildiruvchi omil bo‘lib, maydalangan tosh bilan qonlangan ochiq maydon chaqnash yoki elektr yoyi hosil bo‘lganda tez yonuvchan vositalar hamda qurigan xashak yonishining oldini oladi.

Shuningdek, ochiq taqsimlash qurilmasi maydonidagi bardyur hamda kabel kanallari beton to‘siqlari ohaklanib, obodonlashtirish ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar podstansiya hududining infratuzilmasini yaxshilash, atrof-muhitni tartibga keltirish, energetika obyekti xodimlari uchun xavfsiz va qulay ish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot