2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BUXORO VILOYATI: 500 kV kuchlanishli L-526 elektr uzatish tarmog'i teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi
  • 20.09.2025
  • 45

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli "Qorako'l" podstansiyasi hamda "Talimarjon IES" AJ energiya bloklarini bog‘lab turuvchi 500 kV kuchlanishli L-526 elektr uzatish tarmog‘ining ulamalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. 

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan nazorat ko‘rigi jarayonlari aks ettirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: Mutaxassislar tomonidan 500 kV kuchlanishli L-526 elektr uzatish tarmog‘idagi qizishlarni aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. L-526  Buxoro viloyati va Qashqadaryo viloyatini bog‘lab turuvchi 500 500 kV kuchlanishli liniya hisoblanadi.  

Bundan tashqari, boshqa magistar elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo‘ling

  t.me/BuxoroMET_Axborot