Tasdiqlangan reja asosida "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/35/10 kV kuchlanishli "Baxt" podstansiyasidagi 35 kV kuchlanishli 2-seksiyada navbatdagi joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.
⚡️ Mazkur taʼmirlash ishlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib borildi. Ishlar davomida texnik holatni yaxshilash, joriy o‘zgarishlar kiritish va uskunalar holatini tekshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼmirlash ishlari doirasida:
► Podstansiyaning 35 kV kuchlanishli 2-seksiyasidagi elektr jihozlari va texnik jihozlari yangilandi;
► Tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldi olindi;
► Releli himoya va avtomatika tizimlari ta’mirlanib-sozlandi, ayrim jihozlari yangilandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot