"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/10 kV kuchlanishli "Sindarobod" podstansiyasida navbatdagi joriy ta‘mirlash ishlari olib borildi.
⚡️ Jumladan, 10 kV kuchlanishli 1-seksiya hamda T-1 transformatorida texnik reglament asosida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar doirasida quyidagilar bajarildi:
♦ Transformator moyi holati tekshirildi;
♦ Elektr qurilmalarining kontakt va izolyatsiya qismlari diagnostika qilindi;
♦ Himoya va avtomatika tizimlari ko‘rikdan o‘tkazildi;
♦ Qurilmalarning umumiy ishga yaroqliligi sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari elektr — tarmoqlarining ishonchliligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Barcha ishlar malakali muhandislar va texniklar tomonidan puxta nazorat ostida olib borildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot