“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 2025/2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasi asosida 35/6 kV kuchlanishli “Zilol-2” podstansiyada bir qator muhim texnik-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Jumladan:
► 35 kV kuchlanishli transformatorning izolyatsiyasi tekshirilib, yog‘ sathining holati o‘rganildi, kontakt va mexanik qismlarining ishlash sinovdan o‘tkazildi;
► 6 kV kuchlanishli 1-shinalar tizimida qurilmalarning sirtlari tozalanib, biriktiruvchi qismlar mustahkamlandi, himoya vositalari tekshirildi va zarur hollarda yangilandi.
Ushbu ta’mirlash ishlari natijasida avariyaviy uzilishlar xavfining oldi olinadi. Ayniqsa, sovuq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortishi kutilayotgan mavsumda bu kabi profilaktik ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling