2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: 35/6 kV  kuchlanishli “Tozalagich” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi
  • 22.09.2025
  • 65

"Andijon magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/6 kV kuchlanishli "Tozalagich" podstansiyasida mavjud T-1-6300 kVA quvvatli transformator va uning ulanmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab Filial balansiga o‘tgan energetika obyektlarida tegishli ta’mirlash-tiklash, qurilish-montaj va yangilash dasturi doirasida 35 kV kuchlanishli uzgich va qisqa tutashtirgich (ОД-КЗ) o‘rniga zamonaviy o‘chirgich o‘rnatildi, transformator hamda uning ulanmalari korroziyaga qarshi qayta bo‘yoqlandi.

❗️Mazkur ta’mirlash ishlari elektr qurilmalarining ishonchliligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/AndijonMET_Axborot