2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 22.09.2025
  • 123

⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Situatsion tahlil boshqarmasi mutaxassisi lavozimi.  

❗️TALABLAR:

1️⃣ Oliy malumotli, energetika tizimidagi 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli tizim podstansiyalarida navbatchi muhandis yoki tezkor dispetcher sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni, egallagan lavozimi darajasida XTQ, TEQ, YXQ qoidalarini mukammal bilishi lozim;

2️⃣ Mutaxasis “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ filiallar tasarrufidagi podstansiyalar va havo liniyalarini me’yorda ishlashi monitoringini olib boradi.  Magistral elektr tarmoqlari filiallaridan olingan dastlabki ma’lumotlar asosida tegishli boshqarma va bo‘limlar bilan hamkorlikda avariyaning kelib chiqishi holatlarini tahlil qiladi va avariyani bartaraf qilishda tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi;

2️⃣ Mutaxasis O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetika to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan samarali foydalanish haqida”gi Qonunlar hamda shu yo‘nalishga oid boshqa me’yoriy hujjatlar, tartib-qoidalarini bilishi lozim. 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

⇒  Onlayn rezyume

kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

⏺️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

⏺️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

❗️Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi tomonidan bayonlashtiriladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati