⚡ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali balansidagi 220/110/10kV “Sokin” podstansiyasida transformatorning yog‘ sathi me’yoriy holatga keltirilgach, hududda yong‘inga qarshi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
♦ Ochiq taqsimlash qurilmasi (OTQ) maydoniga maydalangan tosh qoplamasi yotqizildi. Bu usul chaqnash yoki elektr yoyi hosil bo‘lganda tez yonuvchan vositalar, shuningdek, qurigan xashakning yonish xavfini oldini oladi;
♦ Bardyur va kabel kanallari beton to‘siqlari ohaklanib, obodonlashtirish ishlari bajarildi. Natijada hudud yanada tartibli va xavfsiz ko‘rinishga ega bo‘ldi;
♦ AT-1 avtotransformator (200 MVA) atrofidagi eski moyli shag‘allar to‘liq chiqarilib, yangi maxsus shag‘allar bilan almashtirildi. Bu ishlar yong‘in xavfsizligini ta’minlash va ekologik talablarga rioya etish maqsadida amalga oshirildi;
♦ Dispetcherlik yozuvlari yangilandi: operativ jurnalga tegishli qaydlar kiritildi, elektr sxemadagi o‘zgarishlar hujjatlashtirildi hamda dispetcherlik markaziga xabar berildi;
Ushbu amaliyot podstansiya hududining infratuzilmasini yaxshilash, atrof-muhitni tartibga keltirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot