#Avvalgi_va_keyingi
#Magistral_elektr_tarmoqlari
Namangan viloyati, Namangan tumani
⚡️ AVVALGI HOLATI: 110/35/6 kV kuchlanishli «Janubiy» podstansiyasida obodonlashtirish va texnik profilaktika ishlari olib borildi
Belgilangan reja asosida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Janubiy” podstansiyasining tashqi devorlarni joriy ta’mirlash hamda elektr uskunalarida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Ta’mirlash ishlari davomida quyidagilar bajarildi:
► Podstansiyaning atrofini o‘ragan tashqi devorlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi;
► Elektr qurilmalarining nosozliklari aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etildi;
► Yordamchi bino va devorning beton va g‘ishtli qismlardagi yoriqlar hamda yemirilgan joylar tiklandi;
► Zarur hollarda devor bo‘yog‘i va suvga chidamli qatlamlar yangilandi.
⚡️ KEYINGI HOLATI: 110/35/6 kV kuchlanishli «Janubiy» podstansiyasida obodonlashtirish va texnik profilaktika ishlari olib borildi
Mazkur ishlar muhandislik infratuzilmasining uzoq muddatli saqlanishiga hamda ob-havo ta’siriga bardoshliligini oshirishga xizmat qiladi. Ishlar belgilangan muddatda va me’yoriy hujjatlarga muvofiq tarzda yakunlandi. Podstansiyaning elektr qurilmalari va tashqi estetik qiyofasi "qoniqarli" deb baholandi.
✍️ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati