2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AVVALGI VA KEYINGI HOLATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasi — Sirdaryo viloyati
  • 23.09.2025
  • 70

Sirdaryo viloyati

► AVVALGI HOLATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasi

110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasida quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-2 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ushbu ta’mirlash elektr qurilmasining foydalanish muddatini uzaytirish, uning ishonchliligini oshirish va tashqi ko‘rinishini energetika obyektining estetik qiyofasiga mosligini ta’minlaydi.

Ta’mirdan oldin quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-2 transformatorning ayrim joylari korroziyaga uchragan, kabel kanallari tartibsiz holatda bo‘lganini ko‘rish mumkin edi. Ish jarayoni davomida mutaxassislarimiz barcha texnik va xavfsizlik talablari asosida ta’mirlash-sozlash ishlarini bajarishdi va belgilangan talab natijasiga erishishdi.

♦ Hozirgi vaqtda quvvati 16 000 kVA bo'lgan T-2 transformatori to‘liq yangilangan holga keltirildi — uning ishlash samaradorligi oshirilib, tashqi ko‘rinishi ham zamon talablari darajasiga yetkazildi.

► ISH JARAYONI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasi

Ta’mirlash ishlari malakali mutaxassislar tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Transformatorning eskirgan va nosoz qismlari aniqlanib, almashtirildi. Shuningdek, ichki qismlar va izolyatsiya tizimlari tekshirildi, metall konstruksiyalarda korroziyaga qarshi bo‘yoqlash ishlari olib borildi, kabel kanallari tartibga keltirildi. Ish jarayonida barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda ish jarayonidan lavhalar keltirilgan.

► HOZIRGI HOLATI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Navro‘z" podstansiyasi

Joriy ta’mirlash ishlari yakunlanib, T-2 transformatori to‘liq ishga tayyor holatga keltirildi. Transformatorning ishonchliligi oshdi, bu esa "Navro'z" podstansiyasida sifatli elektr ta’minotini ta’minlash imkonini beradi. 

⚡️ "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mas’ullariga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar bajarildi. 

✍️ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan edi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot